Colocation (Serverlarni joylashtirish) bu Toshkentdagi professional UzSciNet ma'lumotlar markazida (MM) serverlaringizni joylashtirish xizmatidir. Uskunangiz ishonchli ishlashi uchun biz jihozlangan ustunlar (stoykalar), barqaror aloqa kanallari va elektr ta'minotini taqdim etamiz.
Internet-tariflar sizning vazifalaringizga ko‘ra individual tarzda ishlab chiqiladi. Mijozning so‘roviga binoan internet-trafikni belgilangan nisbatlarda ajratilgan IP-manzillar o‘rtasida taqsimlash imkoniyati mavjud. Xizmatlar narxi bevosita sotib olinadigan hajmga bog‘liq.
Internet tarmog‘iga ulanish ikkita mustaqil optik tolali aloqa kanallari orqali ta’minlanadi, bu esa aloqaning yuqori ishonchliligi va barqarorligini kafolatlaydi.
Xosting yoki veb-xosting — bu butun dunyo tarmog‘ining tugunlari hisoblangan kompyuter-serverlarda saytlarni joylashtirish xizmatidir. "Scientific Technologies" MChJ xoster sifatida (xosting xizmatlarini ko‘rsatuvchi tashkilot) saytingizni o‘z serverlarida ishonchli joylashtirishni taklif qiladi.
Biz .UZ zonasidagi domenlarning rasmiy registratorimiz.
Registrator – bu "UZ" domen ma’muriyati bilan tuzilgan shartnoma asosida domen nomlarini ro‘yxatdan o‘tkazish xizmatlarini ko‘rsatuvchi va Asosiy Reyestrga domen nomi haqidagi zarur ma’lumotlarni kiritishni ta’minlovchi yuridik shaxs.
Domen nomini ro‘yxatdan o‘tkazishda ariza beruvchi domen nomini mustaqil ravishda tanlaydi. U tanlangan domen nomi hamda uni ro‘yxatdan o‘tkazish va ishlatish bilan bog‘liq holda uchinchi shaxslarning huquqlari buzilishi uchun to‘liq javobgar hisoblanadi, shuningdek, bunday buzilishlar bilan bog‘liq zararlar xavfini o‘z zimmasiga oladi.
Virtual ajratilgan server (VPS yoki VDS) — bu jismoniy serverdagi alohida virtual muhitdir. Ushbu muhitning ishlashi va boshqaruvi shunday tashkil etilganki, u jismoniy serverning mutlaq modelini yaratadi. Asosiy afzalligi shundaki — bu yechim shaxsiy serverni sotib olish yoki ijaraga olishdan ko‘ra ancha arzonroqdir.