Xosting

Xosting yoki veb-xosting — bu butun dunyo tarmog‘ining tugunlari hisoblangan kompyuter-serverlarda saytlarni joylashtirish xizmatidir. "Scientific Technologies" MChJ xoster sifatida (xosting xizmatlarini ko‘rsatuvchi tashkilot) saytingizni o‘z serverlarida ishonchli joylashtirishni taklif qiladi.

Sizning afzalliklaringiz: Sizga server sozlamalari yoki unga xizmat ko‘rsatish haqida qayg‘urishning hojati yo‘q. Server dasturlarining uzluksiz ishlashini nazorat qilish ham talab etilmaydi. Bularning barchasini biz siz uchun amalga oshiramiz!
Veb-xosting tartibida saytingiz serverdagi disk maydonini boshqa saytlar bilan bo‘lishadi. Shuning uchun saytingizga qancha megabayt joy ajratish, nechta domen va subdomen kerakligi, ma'lumotlar bazasi qanday tashkil etilishi va nechta korporativ pochta manzili zarurligini aniqlab olish muhimdir.

Biz saytingiz uchun xosting parametrlari va narxlarning eng maqbul uyg‘unligini hisoblab chiqdik.

Parametrlar Tarif №1* Tarif №2** Tarif №3 Tarif №4 Tarif №5 Tarif №6
Disk maydoni, Mb 64 128 256 512 1024 2048
Oylik trafik, Mb CHEKLANMAGAN
Domenlar,
 har bir domen uchun subdomenlar
 va ma'lumotlar bazasi soni
1 2 3 5 10 15
Pochta manzillari soni 5 10 25 50 100 150
Abonent to‘lovi, oyiga (so‘m) сум 30 000 52 000 79 000 103 000 150 000 251 000

*  - Kamida 12 oyga shartnoma tuzish uchun mo‘ljallangan tarif
** - Kamida 6 oyga shartnoma tuzish uchun mo‘ljallangan tarif

Qo‘shimcha 1024 Mb disk maydoni narxi — oyiga 152 000 so‘mni tashkil etadi.

Ajratilgan IP manzil narxi — oyiga 52 000 so‘m.
.UZ hududida domen nomini ro‘yxatdan o‘tkazish narxlari "Domenlarni ro‘yxatdan o‘tkazish" bo‘limida keltirilgan.

* Barcha narxlar 12% QQS bilan ko‘rsatilgan.

Umumiy shartlar va imkoniyatlar:

  • Trafik cheklanmagan (Unlimited)
  • Birlamchi va ikkilamchi DNS serverlarini bepul qo‘llab-quvvatlash
  • Plesk Onyx 17 xosting boshqaruv paneli 
  • PHP 5.6, 7.x
  • Python, Perl, CGI, SSI (Server Side Includes)
  • Mijoz so‘roviga ko‘ra MySQL yoki PostgreSQL ma'lumotlar bazasi
  • Zend Optimizer va eAccelerator
  • Veb-pochta (Webmail)
  • CRON vazifalar rejalashtiruvchisi
  • ModSecurity veb-ilovalari uchun brandmauer (xavfsizlik devori)
  • Awstats/Webalizer tashriflar statistikasi

Agar veb-loyihangizning xususiyati ko‘proq resurs va kengroq imkoniyatlarni talab qilsa, VDS xizmatidan foydalanishni tavsiya qilamiz.