.UZ zonasida domenlarni ro‘yxatdan o‘tkazish

Biz .UZ zonasidagi domenlarning rasmiy registratorimiz.

Registrator – bu "UZ" domen ma’muriyati bilan tuzilgan shartnoma asosida domen nomlarini ro‘yxatdan o‘tkazish xizmatlarini ko‘rsatuvchi va Asosiy Reyestrga domen nomi haqidagi zarur ma’lumotlarni kiritishni ta’minlovchi yuridik shaxs.
Domen nomini ro‘yxatdan o‘tkazishda ariza beruvchi domen nomini mustaqil ravishda tanlaydi. U tanlangan domen nomi hamda uni ro‘yxatdan o‘tkazish va ishlatish bilan bog‘liq holda uchinchi shaxslarning huquqlari buzilishi uchun to‘liq javobgar hisoblanadi, shuningdek, bunday buzilishlar bilan bog‘liq zararlar xavfini o‘z zimmasiga oladi.

Muddat Narx
Ro‘yxatdan o‘tkazish va uzaytirish
1 yil 45 000 so‘m
2 yil 90 000 so‘m
3 yil 135 000 so‘m
4 yil 180 000 so‘m
5 yil 225 000 so‘m
6 yil 270 000 so‘m
7 yil 315 000 so‘m
8 yil 360 000 so‘m
9 yil 405 000 so‘m
10 yil 450 000 so‘m
Domenni Redemption Period holatidan qayta tiklash
Redemption Period haqidagi ma’lumotni .UZ domen zonasi ma’muriyati saytidan olishingiz mumkin.
95 000 so‘m

* Barcha narxlar 12% QQS bilan ko‘rsatilgan.

Jismoniy shaxslar domen ro‘yxati va uni uzaytirish uchun to‘lovni kompaniya ofisida UZCARD plastik kartalari orqali amalga oshirishlari mumkin. Jismoniy shaxslardan naqd pul to‘lovlari faqat bank kassalari orqali, to‘lov kvitansiyasi taqdim etilgan holda qabul qilinadi.