VDS / VPS

Virtual ajratilgan server (VPS yoki VDS) — bu jismoniy serverdagi alohida virtual muhitdir. Ushbu muhitning ishlashi va boshqaruvi shunday tashkil etilganki, u jismoniy serverning mutlaq modelini yaratadi. Asosiy afzalligi shundaki — bu yechim shaxsiy serverni sotib olish yoki ijaraga olishdan ko‘ra ancha arzonroqdir. 

Provayderning bitta jismoniy serverida bir nechta virtual serverlar yaratiladi va ularning har biri mustaqil faoliyat yuritadi. Har bir server o‘z IP-manzillariga, root-huquqiga (to‘liq boshqaruv), portlariga, filtrlash qoidalari va marshrutlash jadvaliga ega. Jismoniy server resurslari shunday taqsimlanadiki, barcha virtual serverlar ham ishlashda, ham boshqaruvda bir-biridan mustaqildir. Jismoniy server kabi, virtual serverda ham istalgan tizim parametrlarini sozlash, dasturiy ta’minot o‘rnatish, jarayonlarni nazorat qilish va hokazolarni amalga oshirish mumkin.
Virtual ajratilgan xosting xavfsizligi oddiy xostingga qaraganda ancha yuqori, chunki saytlar o‘zaro qo‘shni bo‘lmaydi va umumiy resurslardan foydalanmaydi.
VPS katta hajmdagi resurslar va kengaytirilgan texnik imkoniyatlarga ega; bularning barchasi ixtisoslashgan dasturiy ta’minot yoki kafolatlangan yuqori quvvatni talab qiluvchi yirik va nostandart loyihalarni joylashtirish imkonini beradi.

  Tarif №1* Tarif №2* Tarif №3 Tarif №4
CPU, MGts 750 1000 1500 2000
Xotira, Mb (yoki RAM) 384 512 768 1024
HDD, Gb 10 20 30 40
Abonent to‘lovi (so‘m) 54 000 71 000 106 000 141 000

* Barcha narxlar 12% QQS bilan ko‘rsatilgan.