Colocation

Colocation (Serverlarni joylashtirish) bu Toshkentdagi professional UzSciNet ma'lumotlar markazida (MM) serverlaringizni joylashtirish xizmatidir. Uskunangiz ishonchli ishlashi uchun biz jihozlangan ustunlar (stoykalar), barqaror aloqa kanallari va elektr ta'minotini taqdim etamiz.

Xizmat 24/7 ma'lumotlar xavfsizligi va ochiqligi muhim bo'lgan biznes, internet-do'konlar va davlat tuzilmalari uchun foydalidir. Ustunda (yunitda) joy ijaraga olish orqali o'z server xonangizni jihozlash xarajatlarini tejashingiz, shu bilan birga sanoat darajasidagi sovutish sharoitlari va yuqori tezlikda TAS-IX tarmog'iga to'g'ridan-to'g'ri ulanish imkoniyatiga ega bo'lishingiz mumkin.

Colocation xizmatimizning afzalliklari:

Internetga ishonchli ulanish:
ATS-235 va ATS-233 uzellari orqali zaxiralangan aloqa liniyalari Internet tarmog'iga uzluksiz ulanishni ta'minlaydi.

Shaxsiy IP-tarmoq va avtonom tizim:
Shaxsiy IP-manzillash va avtonom tizimdan (AS) foydalanish tarmoq infratuzilmasi ustidan mustaqillik va nazoratni ta'minlaydi.

Tas-IX'ga to'g'ridan-to'g'ri ulanish:
Milliy trafik almashish nuqtasi bo'lgan TAS-IX ga to'g'ridan-to'g'ri ulanish orqali ma'lumotlar almashishning maksimal tezligi. 

Ishonchli elektr ta'minoti:
1 toifadagi uzluksiz quvvatlanish. Elektr energiyasi ikkita mustaqil transformator podstansiyasidan ikkita liniya bo'yicha yetkazib beriladi. Ikkita mustaqil kirish, Uzluksiz quvvat manbai (Online UPS) va shaharda avariya yuz berganda 6 soatgacha MMning to'liq avtonomligini ta'minlaydigan shaxsiy dizel-generator.

Kunu tun texnik yordam:

Mutaxassislarimiz 24/7 rejimida ishlaydi va har qanday yuzaga keladigan masalalarni tezkorlik bilan hal qilishga tayyor.

Qulay joylashuv:
Ma'lumotlar markazi Toshkent markazida joylashgan. Texnik maydoncha O'zR FA Fizika-texnika instituti hududida, Gidrometmarkaz yaqinida joylashgan. Bu sizning muhandislaringiz uchun istalgan vaqtda uskunaga jismoniy kirish imkoniyatini yaratadi.

* Xizmat ko'rsatuvchi provayder uchinchi shaxslar tomonidan taqdim etiladigan xizmatlarning ishlashi uchun javobgar emas, shuningdek, maydonchada foydalaniladigan uskunalar ishdan chiqqan taqdirda ishlarning uzluksizligini kafolatlay olmaydi.

Xizmatlar va ishlar Oylik xizmat narxi1
so'm
Standart ulanish 526 000
1 IP address
1 Ethernet port 100 Mbit2
UPS elektr tarmog'iga yoki quvvati 500 Vtgacha (shu jumladan) bo'lgan uskunaga bitta ulanish3,4
Rack turidagi uskunalar uchun telekommunikatsiya ustunidan (stoykadan) joy, 1U 155 000
Kengligi 20 sm gacha (shu jumladan) bo'lgan Tower turidagi uskunalar uchun tokchadan joy. 232 000
20 sm dan oshgan har bir to'liq bo'lmagan 5 sm uchun tokchadan qo'shimcha joy. 58 000
1 IP address 50 000
1 Ethernet порт 100 Mbit 252 000
Portdagi tezlikni 100 Mbit ga oshirish2 252 000
Provayder svitchlarida VLAN tashkil etish 17 000
VLAN'ga 100 Mbit 88 000
1 Gbit tezlikdagi 1 ta port qo'shish 165 000
UPS elektr tarmog'iga yoki quvvati 500 Vtgacha (shu jumladan) bo'lgan uskunaga bitta qo'shimcha ulanish3,4 299 000
500 Vt dan yuqori har bir to'liq bo'lmagan 100 Vt quvvat uchun3,4 70 000
Internet tarmog'iga ulanish tezligi kanali INTERNET tariflariga muvofiq
INTERNET xizmati tarif rejalariga muvofiq tashqi kanalga ulanish
Shaxsiy uzluksiz quvvat manbaini (UPS) ulash
UPSga ulangan uskunaning umumiy quvvatidagi har bir to'liq bo'lmagan 100 Vt uchun3,4 43 000
   

 

Bir martalik ishlar Ish haqi
so'm
Uskunani montaj qilish (o'rnatish) 219 000
Uskuna texnik maydonchadan 24 soatdan ko'proq vaqtga olib chiqilgandan so'ng qayta montaj qilish narxi 148 000

1 Barcha narxlar 12% QQS bilan ko'rsatilgan
2 Tas-IX tarmog'iga kirish tezligi Ethernet portining tezligi bilan cheklangan
3 Bir nechta quvvat bloklari bilan jihozlangan uskunalar uchun har bir quvvat blokini ulash alohida hisoblanadi.
4 Quvvati (TDP/TBP) 100 Vt dan yuqori bo'lgan grafik tezlatkichlar (GPU) bilan jihozlangan uskunalar uchun 1.8 oshirish koeffitsienti qo'llaniladi.

Uskunani joylashtirishdan tashqari, Colocation bo'yicha xizmatlarning tayanch to'plamiga quyidagilar kiradi:

  • Kunu tun texnik qo'llab-quvvatlash
  • Server joylashgan xonaning xavfsizligi (uzluksiz elektr ta'minoti tizimi, iqlim nazorati, izolyatsiya, qo'riqlash va boshqalar)